SSL veb saytingizning noyob imzosi hisoblanadi. Sertifikat shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlovchi har bir saytni sozlayotganda tavsiya etiladi. Uning ishi esa amalga oshiriladigan tranzaksiyalarni himoya qilish va istalmagan ma’lumotlar kirishining oldini olishdan iborat. O‘rnatilgan SSL sertifikat domen nomi mavjud kompaniyaga biriktirilganini bildiradi.

O‘zbekistonda saytlarga SSL sertifikat o‘rnatish veb sayt egalari orasida unchalik keng tarqalmagan. Bu esa ko‘pgina saytlarni himoyasiz qiladi. SSL ni qoʻllash bu — internet kengliklarida ishlash davomida oʻz resursingizning yuridik va tarmoq xavfsizligini taʼminlash uchun ishonchli vositadir.