03.07.2019

Ushbu kundan e’tiboran, Biz o‘z xizmatlarimiz uchun to‘lovlarni Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari orqali ham qabul qilamiz, bu esa o‘z navbatida kompaniyamiz xizmatlaridan foydalanadigan, norezidentlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar (preferensiyalar) yaratadi. Undan tashqari, Biz O‘zbekistonning IT-texnologiyalar sohasidagi eksport salohiyatini yanada yaxshilashga o‘z hissamizni qo‘shishga umid qilamiz, chunonchi hurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovich aytganlaridek: “Eksportsiz na birorta korxonaning, na mamlakatning kelajagi yo‘q”.