17.06.2019

Biz Cpanel boshqaruv paneliga o‘tdik (WEB-xostingni boshqarish paneli). Shu tufayli, mijozlarimizning, Vesta boshqaruv panelida joylashgan saytlari va pochta qutilari ohistalik bilan Cpanel ga ko‘chirib qo‘ydik. Cpanel serverni boshqarish pullik panellarining ichida eng mashhurlaridan biridir. Cpanel boshqaruv panelining asosiy afzalliklari quyidagilardan: foydalanish va sozlashning sodda va o‘ng‘ayligi; ishonchlilik; 25 tildagi lokalizatsiya; reseller funksiyasi va ko‘pgina boshka imkoniyatlardan iboratdir. Bizning mijozlar uchun qulay bo‘lsin deb, biz Cpanel ga Softaculous skriptini o‘rnatib qo‘ydik, endi har bir foydalanuvchi bir nechta klik orqali, o‘z saytni xostingga joylayotganda 350 dan ortiq skriptlarning biridan foydalanishi mumkin, ularning orasida esa WordPress, AbanteCart, PrestaShop, Joomla, Drupal, phpBB, SMF, Magento va boshqalar kabi ko‘pdan-ko‘p mashhur CMS lar mavjud.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, biz Vesta boshqaruv panelidan voz kechmaymiz, bu paneldan ayrim hollarda, ya’ni mijozlardan biron bir talab tushganda yoki boshqa maqsadlarda ham foydalanishimiz mumkin bo‘ladi.