30.09.2019

2019 yil 25-27 sentyabr kunlari Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Farg'ona filialida ICTWEEK UZBEKISTAN 2019 ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ko'rgazma ishtirokchilari orasida "Eskiz IT Company" Toshkentdan kelgan yagona kompaniya bo'ldi. Ko'rgazma juda qiziqarli o'tdi. IT-mutaxassislar ham, oddiy mehmonlar ham bizning stendimizga qiziqish bildirishdi. Yuqorida va'da qilinganidek, stendimizga tashrif buyurgan birorta ham odam bo'sh qo'l bilan qaytmadi, ko'rgazmada qatnashishishimiz sharafiga domenlarni ro'yxatdan o'tkazish va xosting xizmatlariga 100% chegirma taqdim etildi. Shuningdek, ushbu ko'rgazma doirasida 3 ta yangi dastur namoyish etildi. Barcha yangi foydalanuvchilarga kompaniyamiz xizmatlariga 25% gacha chegirmalarni taqdim etadigan "Yangi mijozlar uchun" dasturi. "Talabalarga yordam" maxsus dasturi orqali litsey, kollej va institutlarning barcha o'quvchilari xizmatlarimozga 50% gacha chegirma olishlari mumkin, buning uchun https://my.eskiz.uz/student?status=new da ro'yxatdan o'tinb, talabalik guvohnomani yuklashganlaridan so'ng, avtomatik ravishda hosting, domenlarni ro'yxatga olish, VPS va Pochta xizmatlariga chegirmalar oladilar. Kompaniyamizning "Hamkorlari", har bir buyurtmadan 40% gacha mukofot oladi, buning uchun o'zlarining balanslarini to'ldirib, "Hamkor" maqomini olish kifoya.